Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

172025-11-10 14:09

Qoʻshtepa tumanida hosildorlik uchun duo qilindi

http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2106505080710815.jpg
Qoʻshtepa tumanida paxta terimi avjida ekanligi munosabati bilan tuman rahbarlari, imom-xatiblar va nuroniylar ishtirokida jonliqlar soʻyilib, hosilning barakali va moʻl-koʻl boʻlishi, terim ishlarining omadli va shiddatli oʻtishi uchun duolar qilindi. Unda tumanimiz dehqon — fermerlari, suvchilari va terimchilari oldida turgan masʼuliyatli vazifa — belgilangan davlat rejasini nes-nobud qilmay, uyushqoqlik bilan, yuzlar yorugʻ boʻlgan holda ado etishi taʼkidlandi. Barcha ishtirokchilar paxta terimini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish, rejani ortigʻi bilan bajarishlarini bildirdi. Shuningdek, paxta hosilini yetishtirishda astoydil mehnat qilgan barcha insonlar — dehqonlar, fermer xoʻjaliklari rahbarlari, suvchilar va terimchilar haqlariga duo qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz