Ma'muriy-hududiy tuzilishi
Qo‘shtepa tumani hududida 15 ta shirkat xo‘jaligi, 649 ta fermer xo‘jaligi, 379 ta dehqon xo‘jaligi va 218 ta bog‘dorchilik xo‘jaliklari faoliyat yuritadi. Shuningdek, tumanda yirik iqtisodiy subyektlardan “Fergana Global Textile” MCHJ, “Farg‘ona Naslli Parranda” korxonasi, “MATLUBOTNON” va boshqa kichik va o‘rta biznes subyektlari mavjud. Tuman xo‘jaliklarida 25,8 ming bosh qoramol, 25,5 ming qo‘y va echki, 176,7 ming parranda boqiladi. Tumanda zamonaviy infratuzilmalar ham mavjud: 3 ta poliklinika, 15 ta qishloq vrachlik punktlari, Axborot kutubxona markazi va madaniyat uylari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ommaviy axborot vositalaridan "Istiqbol yo‘li" gazetasi 1943-yildan boshlab nashr qilinadi.
Aholisi:
208.1
Maydoni:
390 kv.km
Tashkil topgan yil:
1926 yil
Rasmiy vebsayti:
qoshtepa.uz
Sanoatning asosiy tarmoqlari:
yoqilgʻi (neftni yengil qayta ishlash), sanoat (paxta tozalash), oziq-ovqat sanoati
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari:
gʻallachilik, paxtachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, goʻsht-sut chorvachiligi, parrandachilik, pillachilik