Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

Tuman tarixi

/images/region_image.jpg
Qo‘shtepa tumani – Farg‘ona viloyatidagi tuman. Tuman 1926 yilda tashkil etilgan. Keyinchalik uning hududidan Toshloq va Yozyovon kabi yangi tumanlar ajralib chiqqan. Mustaqillik yillarida Qo‘shtepa tumanida ham yangilanish va o‘zligini anglash sari katta qadamlar qo‘yildi. 2010 yilda tumanga Qo‘shtepa nomi berilgan.
Tabiati Tuman Farg‘ona vodiysining markazida, Yozyovon cho‘lida joylashgan bo‘lib, relyefi keng tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi sovuq. Yillik o‘rtacha temperatura 13,6°C, eng yuqori temperatura 43°C ga, eng past temperatura esa -23°C ga yetadi. Vegetasiya davri 220 kun. Tuman hududi orqali katta Farg‘ona kanali, Marg‘ilonsoy va Janubiy Farg‘ona kanali oqib o‘tadi.
Aholisi Tumanda 2021-yil holatiga ko‘ra, 197,100 dan ziyod aholi istiqomat qiladi, shundan 101,400 nafari erkaklar va 95,700 nafari ayollardir. Tumanda o‘zbeklar bilan bir qatorda qirg‘izlar, tojiklar, ruslar, va tatarlar kabi 10 ga yaqin millat vakillari istiqomat qiladi.
Iqtisodiyoti Tuman xo‘jaligi, asosan, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan bo‘lib, paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, ipakchilik, va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Tumanda 74 ta yirik korxona va 942 ta kichik va o‘rta biznes subyektlari mavjud. Shuningdek, 649 ta fermer xo‘jaligi va 31 ta chorvachilikka yo‘naltirilgan fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatadi. Yirik sanoat korxonalaridan 'Fergana Global Textile', 'Farg‘ona Naslli Parranda', va 'Ismoiljon Gilamlari' korxonalari bor.
Madaniyati Tumanda markaziy madaniyat uyi, 2 ta filiali, 1 ta Axborot kutubxona markazi, 3 ta poliklinika va 15 ta qishloq vrachlik ambulatoriyasi faoliyat yuritadi. Shuningdek, 1943 yildan boshlab 'Istiqbol yo‘li' tuman gazetasi nashr etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!