Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2742025-11-26 15:41

Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul boʻlib oʻtdi

http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2108163691216305.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2108163691218695.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2108163691219890.jpg
Qoʻshtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev boshchiligida Xalq qabulxonasida fuqarolar muammolarini oʻrganish va hal etishga qaratilgan navbatdagi qabul boʻlib oʻtdi. Unda tuman prokurori, Davlat soliq inspeksiyasi rahbari hamda boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi. Qabul davomida 40 nafarga yaqin fuqarolar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimiz tuman rahbarlari bilan yuzma-yuz muloqotda boʻlib, oʻz muammolarining yechimi boʻyicha koʻmak soʻradi. Tuman rahbarlari har bir murojaatni tinglab, hal etish yuzasidan tegishli choralar belgiladi. Jarayonda bildirilgan murojaatlar tegishli tarzda hokim oʻrinbosarlari hamda tashkilot rahbarlariga yoʻnaltirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz