3082025-11-24 12:04
Qoʻshtepalik qoʻli gul doʻppidoʻzlar — yurtimiz iftixori

Qoʻshtepa tumani azaldan oʻziga xos hunarmandchilik anʼanalari bilan tanilgan. Xususan, qoʻli gul doʻppidoʻzlari butun Oʻzbekiston boʻylab mashhur boʻlib, milliy qadriyatlarimizning munosib davomchilari sifatida eʼtirof etiladi.
Soyboʻyi mahalla fuqarolar yigʻini ayollari ham ushbu anʼanani izchil davom ettirib, doʻppichilik sanʼati bilan shugʻullanib kelmoqda. Ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan nafis, benazir naqshli doʻppilar milliy hunarmandchiligimiz ruhini oʻzida mujassam etgani sababli yurtdoshlarimiz va chet ellik mehmonlar orasida katta qiziqish uygʻotmoqda.
Bugungi kunda Soyboʻyi MFY ayollari qoʻlidan chiqqan doʻppilar ijtimoiy tarmoqlarda tobora ommalashib, hunarmandlarning mashhurligi ortmoqda.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, mazkur hunarmandlarning fidokorona mehnati “Yangi Fargʻona” va “Xalq soʻzi” gazetalarining navbatdagi sonlarida ham keng yoritilib kelinmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

2782025-11-26 15:47

2732025-11-26 15:43

Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul boʻlib oʻtdi
2732025-11-26 15:41


3282025-11-24 12:06





