602025-09-20 16:11
Ommaviy yugurish marafoni boʻlib oʻtdi







Qoʻshtepa tumanida ommaviy yugurish marafoni boʻlib oʻtdi
Qoʻshtepa tumanida “Sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish” shiori ostida sportning yengil atletika turi boʻyicha 2000 metr masofaga ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi.
Mazkur marafon ikki toifada — nogironligi boʻlgan fuqarolar va sogʻlom ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkazildi. Jamiyatda sogʻlom hayot tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda jami 570 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.
Musobaqa davomida barcha ishtirokchilar yuqori ruhda yugurib, oʻzlarining faolligi va sogʻlom turmush tarziga boʻlgan intilishlarini namoyon etdilar.
Tadbir yakunida gʻolib va faol qatnashchilar tuman hokimligi tomonidan esdalik sovgʻalari va diplomlar bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida Qoʻshtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev shaxsan ishtirok etib, gʻoliblarga sovgʻalarni topshirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Qoʻshtepa tumani hokimi fuqarolar qabulini oʻtkazdi
1342025-09-16 18:38

Yangi Oʻzbekiston tayanchi — aziz ustozlar!
1362025-09-16 18:36