Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

212025-09-16 18:38

Qoʻshtepa tumani hokimi fuqarolar qabulini oʻtkazdi

http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2100845748454875.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2100845748458460.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2100845748459655.jpg
Qoʻshtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev tomonidan tumandagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi. Qabulda tuman prokurori, soliq inspeksiyasi rahbari hamda tegishli tashkilotlar mutasaddilari ham ishtirok etdi. Qabul davomida fuqarolarning turli yoʻnalishlardagi muammo va masalalari tinglanib, ularni hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrildi. Jumladan, Loyson mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi fuqarolar nomidan qatnashgan Isomiddinov Murotali Xusanovich yashash hududidagi ichimlik suvi quvurlarini yangilash boʻyicha murojaat qildi. Murojaat joyida koʻrib chiqilib, mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 700 metr uzunlikdagi yangi suv quvurlarini yetkazib berish belgilandi. Shuningdek, Koʻprikboshi mahallasida istiqomat qiluvchi Katta Ariq koʻchasi 39-uyda yashovchi fuqaro Usmonova Dilfuza Sheraliyevna oʻz xonadonini taʼmirlashda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Mazkur murojaat ham ijobiy hal etilib, fuqaroga zarur koʻmak koʻrsatilishi belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz