642025-09-20 16:06
Huquqiy hujjatlar ijrosi doimiy nazoratga olinib, ularning amalda bajarilishi

Qo‘shtepa tumanida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va “Edo.ijro.uz” tizimi orqali nazoratga olingan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi 6166-son Farmoni va 2021-yil 31-maydagi 5132-son qarori hamda 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 117-son Farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Qo‘shtepa tumani hokimligida “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Tuman hokimligida “Edo.ijro.uz” tizimida nazoratga olingan topshiriqlar ijrosi kunbay tahlil qilinib borilmoqda. Haftaning har dushanba kuni tuman hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarini ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlanishi uchun qat’iy nazorat o‘rnatilgan.
Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida “Edo.ijro.uz” tizimida ijro muddati kelgusi oyda keladigan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul tuman hokimining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va tegishli korxona, tashkilotlarga yuborilmoqda. Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilib kelinmoqda.
Ijro intizomi nazorati bo‘limi tomonidan har oyda topshiriqlar ijro holati tanqidiy tahlil qilingan holda ma’lumotnoma va jadvallar tayyorlanib, tuman hokimiga kiritib boriladi. Bajarilmay qolayotgan hamda muddati kelayotgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda tumandagi korxona va tashkilotlar bilan muntazam ravishda muhokama qilib kelinadi.
Tuman hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan har oyda tasdiqlangan grafik asosida tumandagi korxona va tashkilotlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. 2025-yilning 8 oyi davomida tuman hokimi huzurida – 27 marotaba, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – 25 marotaba hamda xalq deputatlari tuman Kengashi yig‘ilishida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati muhokama qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabrda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, har bir topshiriqqa “temir intizom” bilan jiddiy yondoshib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlarini o‘z vaqtida, samarali hamda to‘liq bajarishda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman korxona va tashkilotlar rahbarlarining roli hamda shaxsiy javobgarligini oshirish choralari ko‘rilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rib borilmoqda.
“Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida 2025-yilning o‘tgan davri davomida tumanga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 142 ta hujjatlaridagi 2034 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib, ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalarini ishlab chiqilib, tegishli hokim o‘rinbosarlari, bo‘lim va tashkilotlarga ijro uchun yuborilgan.
Bugungi kunda ushbu topshiriqlarning 1561 tasi bajarilgan, 467 ta topshiriqlarning ijrosi davom etmoqda. Joriy yilning avgust oyida “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarda tuman hokimligi mas’ul bo‘lgan 142 ta topshiriqlar bajarilishi belgilangan bo‘lib, ushbu topshiriqlarning barchasining ijrosi ta’minlandi.
Sentabr oyida tuman hokimligiga ijro uchun 118 ta topshiriqlar kelib tushgan, 80 ta topshiriqlarning ijrosi barvaqt ta’minlandi hamda qolgan 38 ta topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Ommaviy yugurish marafoni boʻlib oʻtdi
592025-09-20 16:11



Qoʻshtepa tumani hokimi fuqarolar qabulini oʻtkazdi
1342025-09-16 18:38

Yangi Oʻzbekiston tayanchi — aziz ustozlar!
1362025-09-16 18:36