132025-07-05 19:50
Marg‘ilon shahrida ''ONALARGA EHTIROM'' festivali shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi








Viloyat hokimi tashabbusi bilan eng muqaddas zot hisoblangan onalarga xurmat ko‘rsatish hamda ularni e’zozlash maqsadida har yili viloyat miqyosida "Onalarga ehtirom" festivali o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan, bugun Marg‘ilon shahrida festivalning shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Bayram tadbirini shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov tabrik so‘zi bilan ochib, moʻtabar va munis onajonlarimiz, aziz opa-singillarimizga samimiy ehtirom ko‘rsatdi.
Barchamiz uchun eng qadrli zot bo‘lgan ONAlarimizga e’tibor ko‘rsatish, ularni e’zozlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan festivalni yuqori kayfiyatda o‘tkazish maqsadida shahardagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari, korxona, tashkilot va muassasalar jalb etildi.
Tadbir davomida tanlov nizomida belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha tanlovning shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar shahar hokimligining diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shahar Madaniyat markazi san’atkorlari ijrosidagi diltortar qo‘shiqlar esa tadbir ishtirokchilarini beixtiyor raqsga chorladi.
Marg‘ilon shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Yozgi sog‘lomlashtirish oyligi davom etmoqda
462025-07-04 15:52

952025-07-03 10:29

Qo‘shtepa futboli va madaniy hayoti bir sahnada!
932025-07-03 08:31