Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

212025-07-03 08:31

Qo‘shtepa futboli va madaniy hayoti bir sahnada!

Qo‘shtepa tumanidagi Qorajiyda o‘yingohida Farg‘ona viloyati 2-liga futbol musobaqalarining navbatdagi — 8-tur bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon jamoa “Baland masjid” hamda Qo‘qon shahri sharafini himoya qilayotgan “QDU” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Tomoshabop o‘yinda har ikki jamoa g‘alaba uchun kurash olib bordi va futbol muxlislari chinakam sport ruhini his etdilar. Sport tadbiridan so‘ng esa maydon tomoshabinlar uchun yanada zavqli maskanga aylandi. Polvonlar va dorbozlarning hayratomuz chiqishlari barchani lol qoldirdi. Ayniqsa, milliy an’analarni o‘zida mujassam etgan dorbozlik san’ati olqishlarga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Qo‘shtepa tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan bayramona konsert dasturi tadbirga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi. Ijrochilarning jonli chiqishlari, kuy-qo‘shiqlar, sport va madaniyat uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz