Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

332025-07-04 17:16

Yoz mavsumida Qo‘shtepa tumanida “Kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlari” faoliyat ko‘rsatmoqda

Bolalar orziqib kutgan yozgi ta’til damlari ham davom etmoqda. Mavsum davomida yurtimizning so‘lim maskanlarida joylashgan sog‘lomlashtirish oromgohlari, shuningdek, maktablar va boshqa o‘quv muassasalari qoshida tashkil etilgan kunduzgi oromgohlar o‘g‘il-qizlar ixtiyorida bo‘ladi. Yoz mavsumida Qo‘shtepa tumanidagi 5 ta umumta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Xususan, 10, 13, 39, 45 va 49-maktablar qoshida ana shunday kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etildi. Kunduzgi oromgohlarda bolajonlar musiqa, san’at, rasm chizish, sport bilan shug‘ullanishlari, kitob o‘qishlari hamda maroqli dam olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bugun, tuman hokimi o‘rinbosari A.Yusupov umumta’lim maktablarida tashkil etilgan kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz