352025-07-04 16:03
Solijonobodda yana bitta xizmat ko‘rsatish shaxobchasi o‘z faoliyatini boshladi



Qo‘shtepa tumanidagi “Solijonobod” mahalla fuqarolar yig‘inining o‘sish nuqtasi – drayveridan biri xizmat ko‘rsatish sohasini tashkil etadi. Shu sababdan mahallada bu sohaga qiziqish bildirayotgan ko‘plab yoshlarni uchratish mumkin.
Shunday tashabbuskor yoshlardan biri Davronbek Sobirjonov tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida, mahalla hududida “E-AUKSION”ga chiqarilgan bo‘sh turgan yer maydonlari bilan tanishib, 100 kv.m maydonga tanlov g‘olibi bo‘ldi.
Natijada tadbirkor tomonidan boshlangan qurilish ta’mirlash ishlari qisqa muddatda yakunlanib, yuqori bosimli yuvish mashinalari o‘rnatildi. Tadbirkor bugungi kunda avtomobillar yuvish shaxobchasini tashkil etib, 4 ta yangi ish o‘rini yaratdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Yozgi sog‘lomlashtirish oyligi davom etmoqda
332025-07-04 15:52

862025-07-03 10:29

Qo‘shtepa futboli va madaniy hayoti bir sahnada!
842025-07-03 08:31