Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

172025-07-05 10:38

El xizmatiga baxshida umr: Isroiljon hoji Ismoilovning 80 yillik yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi

Qo‘shtepa tumanida tantiligi, zahmatkashligi, mehnatsevarligi bilan o‘z taqdirini Vatan ravnaqiga bog‘lagan insonlar juda bisyor. Qishloq xo‘jaligi sohasida uzoq yilar mehnat qilgan Isroiljon hoji Ismoilov ana shunday insonlardan biridir. Bugun “Kelarchi buvo” ziyoratgohida Isroiljon hoji Ismoilov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Qo‘shtepa farzandi, qishloq xo‘jaligining jonkuyari Isroiljon hoji Ismoilov bu sohada uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Qolaversa, ayni kunlarda ham tumanimiz dalalari bo‘ylab javlon urib, sohaning ko‘p yillik tajribalarini fermerlar va bog‘bolarga o‘rgatib, o‘z maslahatlarini berib kerlmoqda. Bir so‘z bilan aytganda Isroiljon hoji Ismoilov zahmatkash, faol, ma’naviy yetuk, shuningdek, boshqalar dardi-yu quvonchini o‘ziniki deb bilgan, jonkuyar insondir. Bugun bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat va tuman hokimligining mas’ullari, tuman rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda Isroiljon hoji tog‘aning yaqinlari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimining o‘rinbosari Alibek Tursunov, tuman hokimi Anvarjon Abdullayev hamda viloyat hokimining nuroniylar vakillari Isroiljon hoji Ismoilovning hayot yo‘li va shu sohada erishgan yutuqlari haqida gapirdilar. Ustozni tavallud kuni bilan qutlab, viloyat, tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tadbir davomida so‘z olganlar fidoyi va mehnatkash inson Isroiljon hoji Ismoilovni tavallud kuni bilan tabriklab, o‘zlarining dil izxorlarini bildirib, esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz