Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

62025-07-05 16:37

Rishtonlik usta kulollar tomonidan So'x tumanida kulolchilik markazi tashkil etildi

Tarixiy manbalarga ko'ra, milliy kulolchilik bir paytlar So'x tumanidagi Qal'acha, G'aznov va Tul mahallalarida ham rivojlangan bo'lib, mahalliy aholi ushbu hunar ortidan yaxshi daromad topgan. Tahlillarga ko'ra, So'xning qizil tuprog'idan sifatli kulolchilik mahsulotlarini tayyorlash mumkin. Shu sabab, tumandagi Tul mahalla fuqarolar yig'inida kulolchilik markazi ochildi. Kulolchilik markazi ochilish marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, “Hunarmand” uyushmasi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i Rashidjon Aminov, boshqa mutasaddi rahbarlar, mahalla faollari ishtirok etishdi. Tadbirda so'z olganlar kulolchilikni rivojlantirish uchun So'x tumanida keng imkoniyatlar borligi, asosiysi, kulolchilikning tumandagi xom ashyosi sifati juda balandaligini ta'kidlab o'tdilar. Kulolchilik san'ati - milliy hunarmandchilikning eng muhim, shu bilan bir qatorda qadimiy tarmoqlaridan biri. Bugungi kunda mamlakatimizda bu san'at turini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yana bir muhim jihat! Kulolchilik markazining ochilishi nafaqat yoshlarni ish bilan ta'minlash va ustoz-shogird an'analarini davom ettirishda, balki tuman eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Tumandagi kulolchilik markaziga rishtonlik usta kulollar jalb etilgan va “Mingboshi-keramik” korxonasi rahbari Shokirjon Ahmadjonov boshchiligidagi ustalar mahalliy aholiga, ayniqsa yoshlarga milliy kulolchilikning sir-asrorini o'rgatmoqda. Ushbu markazda ishlab chiqarilyotgan uy-ruzg'or buyumlari nafaqat ichki bozorga balki jahon bozoriga olib kirilishi rejalashtirilgan. Ayniqsa, bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qo'shni Qirg'iziston Respublikasiga eksport qilinishi ko'zda tutilmoqda. E'tiborli jihati shundaki, So'x tumanida tashkil etilgan kulolchilik markazi 30 dan ortiq yoshlarning bandligini ta'minlash hamda ularga milliy hunarmandchilikni o'rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz