Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

892025-07-04 12:38

Shahar hokimi marg‘ilonlik yosh ishbilarmon tadbirkor, "Kelajak bunyodkori" medali sohibi Saidaxmadxon Maxmudovni munosib mukofot bilan tabrikladi

30-iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan poytaxtdagi xalqaro Kongress markazida asosiy bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan Marg‘ilonlik yosh ishbilarmon tadbirkor, «Textile Group and Gold» xususiy korxonasi rahbari, Maxmudov Saidaxmadxon Saidaxrorxon o‘g‘li ham «Kelajak bunyodkori» medali munosib taqdirlandi. Bugun Marg‘ilon shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov marg‘ilonlik faol va tashabbuskor yoshlarning eng ilg‘or vakillaridan biri bo‘lgan S.Maxmudovni munosib mukofot bilan tabriklab, medal sohibiga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘asini taqdim etdi. S.Maxmudov rahbarligidagi «Textile Group and Gold» korxonasida ishlab chiqarilayotgan trikotaj mahsulotlari allaqachon jahon bozorlaridan o‘rin olgan. Bugungi kunda asosan Rossiya va Kanada davlatlariga mahsulotlar eksportini amalga oshirib kelayotgan tadbirkor 200 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan. Shahar hokimi yosh va ishbilarmon tadbirkor bilan suhbat davomida unga kelgusi ish faoliyatida bundanda ulkan zafarlar yor bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz