Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

672025-07-04 14:56

"Milliy libos — millat ko‘rki" mavzusida modalar namoyishi o‘tkazildi

Marg‘ilon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan o‘zbek milliy urf-odatlari hamda qadriyatlarini targ‘ib etuvchi liboslarni zamon talablari bilan uyg‘un xolda ommaga taqdim etish maqsadida "Milliy libos — millat ko‘rki" mavzusida modalar namoyishi o‘tkazildi. Tadbirda so‘z olganlar tomonidan milliy libosimiz inson ziynati ekanligi, liboslarimiz orqali qaysi avlod vakili ekanligimiz yaqqol namoyon bo‘lishi ta’kidlandi. Tadbir davomida "Milliy libos — millat ko‘rki" shiori ostida ayollarning estetik did, kiyinish madaniyati yuzasidan milliylik bilan uyg‘unlashgan liboslari namunalari, shuningdek, turli sohalarda ishlaydigan ayol xodimlari va uy bekalarining jamoat joylarida kiyiladigan liboslari namoyish etildi. Bu kabi targ‘ibot tadbirlari xotin-qizlarning milliy qadriyatlarga muhabbat va e’tiborini oshirib, vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz