722025-07-04 19:17
Kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga diplom topshirildi







O‘zbekiston tumanidagi 1 va 2-sonli politexnikumlarida 2024/2025 o‘quv yili bitiruvchilariga diplomlarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirlarda tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ustoz-murabbiylar, yoshlar va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.
Mutasaddilar bitiruvchilarni hayotidagi yana bir muhim bosqichni yakunlagani bilan tabriklab, ularning ta’limning keyingi bosqichi va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Diplomlar o‘z egalariga, yoshlarning ota-onalariga esa tashakkurnomalar tantanali topshirildi.
Qayd etilishicha, joriy o‘quv yilida 1-sonli politexnikumini jami 400 nafar o‘quvchi 7 ta yo‘nalish bo‘yicha tamomladi. Ularning 24 nafari milliy va xorijiy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 2-sonli politexnikumida esa 8 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olib, kasb-hunar egallagan 387 nafar yigit-qiz muassasa diplomini qo‘lga kiritdi. Ulardan 74 nafari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Yozgi sog‘lomlashtirish oyligi davom etmoqda
582025-07-04 15:52

1082025-07-03 10:29

Qo‘shtepa futboli va madaniy hayoti bir sahnada!
1062025-07-03 08:31