1542025-07-02 23:17
Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik! – O‘zbekiston tumanida o‘tkazilgan yoshlar festivali barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi







Yoshlar kuni munosabati bilan Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” o‘yingohida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida katta gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Ravshanbek Begmatov ertamiz egalariga bo‘lgan ishonch ramziga aylangan bayram bilan barchani yana bir bor muborakbod etib, o‘g‘il-qizlarga ilm-fan cho‘qqilarini zabt etishda, jonajon Vatanimizning yanada rivoji yo‘lidagi ezgu ishlarida ulkan yutuq va zafarlar tiladi.
El suygan san’atkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yahyobek Mo‘minov hamda yosh iste’dodli xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga quvonch, festivalga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Yozgi sog‘lomlashtirish oyligi davom etmoqda
582025-07-04 15:52

1082025-07-03 10:29

Qo‘shtepa futboli va madaniy hayoti bir sahnada!
1062025-07-03 08:31