1562025-07-02 16:58
Dehqonobodlik yoshlar joriy yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari Respublika bosqichida ham sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi




Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yengil atletika bo‘yicha “A” liga Respublika bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqalarda yurtimizning barcha hududlarida o‘tkazilgan viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng iqtidorli yengil atletikachi yoshlar o‘zaro bahs olib bordilar.
Quvonarlisi mazkur qiziqarli va murosasiz bellashuvlar ishtirok etgan O‘zbekiston tumanining “Dehqonobod” mahallasi yoshlari 22-26 yosh toifasi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Eslatib o‘tish joiz, ayni mahallaning yosh yengil atletikachi yigitlari o‘tgan yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan olimpiadaning final bosqichida ham 2-o‘ringa egalik qilgan edilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Yozgi sog‘lomlashtirish oyligi davom etmoqda
582025-07-04 15:52

1082025-07-03 10:29

Qo‘shtepa futboli va madaniy hayoti bir sahnada!
1062025-07-03 08:31