1592025-06-06 14:01
Farg‘ona tumanida uy xo‘jaliklari kuzatuvi asosida so‘rovnoma o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi U.Turgunova tomonidan Farg‘ona tumanidagi «Dehqonobod» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Sheralievlar xonadonida navbatdagi uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi.
So‘rovnoma davomida aholining turmush darajasini baholash, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holatni chuqur o‘rganish va kelgusida mamlakat aholisining farovonligini oshirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida zarur statistik ma‘lumotlar yig‘ildi.
Mutaxassis kuzatuv jarayonida fuqarolarga ushbu tadbirning mohiyati, ya‘ni ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning odamlar hayotiga qanday ta‘sir ko‘rsatishi va bu haqdagi ma‘lumotlar asosida davlat siyosati shakllantirilishini tushuntirdi. Olingan ma‘lumotlar zamonaviy planshet qurilmasi orqali real vaqt rejimida maxsus statistik bazaga kiritildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qo‘shtepa tumanida Qurbon hayiti katta tantana bilan nishonlandi
1662025-06-06 07:06

Tuman hokimi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
1822025-06-05 18:24

“Vatan himoyachisining otasi” faxriy nishoni topshirildi
2092025-06-05 18:20

Baraka tilab, dasturxon yozildi, duolar o‘qildi
2922025-06-04 17:05

Qo‘shtepa tumanida g‘alla o‘rimiga start berildi
3392025-06-04 17:02

“Jaholatga – qarshi ma’rifat” tadbiri bo‘lib o‘tdi
3712025-06-03 15:44