8942025-06-06 07:06
Qo‘shtepa tumanida Qurbon hayiti katta tantana bilan nishonlandi








Bugun, muborak Qurbon hayiti munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi barcha jome masjidlarida hayit namozi o‘qildi. Xususan, Muborak jome masjidida erta tongdan boshlab minglab fuqarolar to‘planib, jamoaviy ibodatda qatnashdilar.
Tumandagi 15 ta jome masjidda bo‘lib o‘tgan hayit namozlarida umumiy hisobda 20 mingdan ziyod namozxonlar ishtirok etdi. Bu ulug‘ ayyomda yurtdoshlarimiz bir-birlarini bayram bilan tabriklab, tinchlik va totuvlik, mo‘l-ko‘lchilik tilab duolar qilishdi.
Masjidlarda o‘tkazilgan bayram tadbirlarida Qurbon hayitining ma’naviy-axloqiy mazmuni, insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlovchi jihatlari alohida ta’kidlandi.
Qo‘shtepaliklar bugungi bayramni yuksak ruhda, mehr va baraka ila nisholamoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tadbirkor ayollar safi ortmoqda
562025-07-19 11:32


“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
1662025-07-18 10:32

Qo‘shtepa tumani adliya bo‘limi tomonidan targ‘ibot kuni o‘tkazildi
1452025-07-18 10:26

2212025-07-17 14:32

2042025-07-17 14:20