292025-07-29 12:17
Qo‘shtepa tumanida 30 iyul - Xalqaro do‘stlik kuni yuqori kayfiyatda nishonlanmoqda








30 iyul – Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan yurtimizda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Qo‘shtepa tumanida ham tashkil etildi.
Sana munosabati bilan “Do‘rmon” MFY hududidagi Madaniyat uyida bayram konsert dasturi tashkil etildi.
Millatlararo do‘stlik namunalari aks etgan tadbirda tumanimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat vakillari jam bo‘ldilar.
Tadbir davomida turli xalqlarning hunarmandchilik namunalari, qardosh xalqlar yozuvchi, shoir va rassomlarining asarlari ko‘rgazmalari tashkil etildi.
Marosimda so‘z olgan tuman hokimining o‘rinbosari A.Yunusov ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad insonlar, xalqlar, davlatlar – umuman olganda jamiyatning turli qatlamlari hamda tuzilmalari o‘rtasida hamjihatlik, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Konsert dasturi davomida tuman Madaniyat markazi va mehmon san’atkorlar, shuningdek, o‘quv muassasasi bolajonlari ijrosidagi do‘stlik, birdamlikni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlar ko‘ngliga xushnudlik ulashib barchani birdek raqsga chorladi.
Bir so‘z bilan aytganda “Do‘stlik” haftaligi doirasidagi bayram tadbirlari tumanimiz bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

292025-07-29 11:34

492025-07-29 09:21

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
392025-07-29 08:58


“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
452025-07-28 14:27