Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

302025-07-29 08:43

Qo‘shtepa tumanida kibersport bo‘yicha “Soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi” o‘tkazildi

Mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Qo‘shtepa tuman soliq boshqarmasi tomonidan kibersport bo‘yicha “Soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi” o‘tkazildi. Ayni kunlarda mazkur musobaqaning shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda yoshlar keng ommalashgan zamonaviy intellektual-kompyuter o‘yinlari – "Counter-Strike" va "Dota" yo‘nalishlarida bahslashdilar. Musobaqaning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida zamonaviy texnologiyalardan ongli va samarali foydalanish madaniyatini shakllantirish, ularning mantiqiy fikrlash, strategik qaror qabul qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, sog‘lom raqobat muhitini yaratishdan iboratdir. Tumandagi mahallalar kesimida o‘tkazilgan musobaqalarda g‘olib bo‘lgan Qayrag‘och, Qamishtepa, Xalqobod, Eshonguzar mahallalarining yoshlari tuman miqyosida o‘tkazilgan final o‘yinlarida bellashdilar. Gʻoliblar mutasaddilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, viloyat bosqiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz