Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

342025-07-30 12:50

Qo‘shtepa tumani hokimi bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi

Qo‘shtepa tumanida yoshlarga alohida e’tibor qaratish, ularni ish bilan ta’minlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda bugun, tuman Madaniyat markazida oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchi yoshlar hamda nogironligi bo‘lgan ishsiz fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarka davomida tumandagi turli korxona va tashkilotlar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Ishtirokchilar o‘ziga munosib bo‘lgan ish o‘rnini tanlab, joyida shu tashkilotlar va korxonalarning mas’ullari bilan bevosita suhbatlashish, ishga joylashish imkoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tadbir doirasida tuman hokimi A.Abdullayev bilan oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchi yoshlari bilan ochiq muloqot ham o‘tkazildi. Uchrashuvda tumandagi turli mahallalarda istiqomat qiluvchi va mamlakatimizning turli OTMlarida tahsil olgan, bu yil bitiruvchi bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida tuman hokimi A.Abdullayev va tuman prokurori A.Xudoyberganov tomonidan yoshlarning rejalari, ishga joylashishda duch kelayotgan muammolari, tashabbus va takliflari eshitildi. Bitiruvchi talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yechimi bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz