382025-07-31 15:22
Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi






Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 9-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya ishini tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Abdullayev olib bordi.
Sessiya kun tartibiga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I.Akbarovning tuman mahalliy byudjetining 2025 yil 1-yarim yillik ijrosi yuzasidan hisoboti hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Z.Turdiyevning “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi, shuningdek boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya ishida ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari va takliflari asosida xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
102025-08-01 10:30

Ochiq muloqot: Tadbirkorlarning taklif va muammolari o‘rganildi
192025-07-31 23:25

Qo‘shtepa tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni qanchaga yetdi?
342025-07-31 08:57

Qo‘shtepa tumani hokimi bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi
582025-07-30 12:50