Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2482025-06-04 17:02

Qo‘shtepa tumanida g‘alla o‘rimiga start berildi

Qo'shtepa tumanida g‘alla hosilini sifatli va uyushqoqlik bilan yig‘ib olishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda tuman hokimi A.Abdullayev, tuman prokurori A.Xudoyberganov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig‘i I.Xamroqulov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i I.Marayimov, sohaga daxldor tashkilot va korxonalari, otryadlar rahbarlari, jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdi. Seminar davomida g‘allani o‘z vaqtida, talablarga rioya qilgan holda hosilni yo‘qotishsiz yig‘ishtirib olish, hamda o‘rimdan so‘ng yerni takroriy ekinlarga sifatli tayyorlash bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Tadbir davomida tuman hokimi mavsum oldidan amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari, mavjud texnika va resurslar holati, g‘alla o‘rimi jarayonida fermerlar va mexanizatorlar zimmasidagi mas’uliyat haqida to‘xtalib o‘tdi. Qo‘shtepalik dehqonlar bu yilgi mavsumda mo‘l hosil olishga va belgilangan rejalarni ortig‘i bilan bajarishga bel bog‘lagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz