1262025-06-05 18:20
“Vatan himoyachisining otasi” faxriy nishoni topshirildi







Qo‘shtepa tuman hokimi Anvarjon Abdullayev tomonidan Qurbon hayiti arafasida o‘zgacha ruhda o‘tgan samimiy uchrashuv chog‘ida tumanimizda istiqomat qiluvchi Atillayev Farxodjon Soliyevichga rasmiy Tashakkurnoma hamda “Vatan himoyachisining otasi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur e’tirof O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugi 71201-harbiy qismda xizmat qilayotgan kichik serjant Soliyev Qudratillo Farxodjon o‘g‘lining fidokorona harbiy xizmatlari, Vatan himoyasi yo‘lida ko‘rsatayotgan jasorat va sadoqati munosabati bilan taqdim etildi.
Tuman hokimi marosim davomida harbiy xizmatchilarning ota-onalari yurt himoyasiga xizmat qilayotgan farzandlar bilan faxrlanishga haqli ekanini ta’kidladi. Farhodjon Soliyevichga va uning oilasiga samimiy minnatdorchilik bildirib, Qurbon hayiti bilan muborakbod etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qo‘shtepa tumanida Qurbon hayiti katta tantana bilan nishonlandi
762025-06-06 07:06

Tuman hokimi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
1102025-06-05 18:24

Baraka tilab, dasturxon yozildi, duolar o‘qildi
2072025-06-04 17:05

Qo‘shtepa tumanida g‘alla o‘rimiga start berildi
2432025-06-04 17:02

“Jaholatga – qarshi ma’rifat” tadbiri bo‘lib o‘tdi
2942025-06-03 15:44