2082025-06-05 18:54
Odam savdosiga qarshi kurash – dolzarb vazifa

Hozirda butun dunyo bo'ylab tarqalgan jinoiy guruhlar tomonidan odamlardan shahvoniy yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun ularni yollashlari, ularning erkinliklarini cheklagan holda qul qilib ishlatishlari natijasida, jinoiy guruhlar tomonidan millionlab noqonuniy daromadlar olinmoqda va bu daromadlar mazkur noqonuniy biznesni yanada rivojlantirilishiga sarflanmoqda. (telekommunikatsiya, internet orqali «ishlashga jo'natilayotgan» ayollar haqida ma'lumotlar, fotosuratlarini yuborish va hokazo).
Bugungi kunda xalqaro ekspertlarning baholashicha, dunyo bo'yicha odam savdosidan tushadigan yillik daromad 10 mlrd. AQSh dollaridan oshmoqda. BMTning ma'lumotiga ko'ra, dunyoda har yili taxminan 2 mln. 700 ming inson odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Har yili 600 mingdan 800 minggacha ayollar va bolalar aldov yo'llari bilan chet ellarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda.
Inson huquqlarini poymol qiladigan bunday transmilliy jinoyat jaxon hamjamiyati qatori davlatimizni ham tashvishga solmoqda. O'zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlar ichida birinchilardan bo'lib bunday uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshladi.
BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1950 yilda qabul qilingan «Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to'g'risida»gi Konventsiyaga davlatimiz 2003 yil 12 dekabrda qo'shilgan.
Bosh Assambleyaning 2000 yil 5 noyabrdagi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan «Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish to'g'risida»gi Konventsiya hamda «Odam savdosi, ayniqsa ayollar va bolalarni sotishning oldini olish, unga chek qo'yish va buning uchun jazolash to'g'risida»gi qo'shimcha protokollari ham O'zbekiston Respublikasi Parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlarning aksariyati xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgani juda ayanchli holat.
Umuman olganda, so'nggi o'n yillikda odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlar soni bir muncha kamaydi, ammo shu bilan birga, chaqaloqlar va bolalar savdosi o'sishida davom etmoqda.
Shuning uchun, bu illatga qarshi barcha kurashmog'i lozim.
M.Sidiqov - Jinoyat ishlari bo'yicha Bog'dod tuman sudining tergov sudьyasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qo‘shtepa tumanida Qurbon hayiti katta tantana bilan nishonlandi
1662025-06-06 07:06

Tuman hokimi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
1842025-06-05 18:24

“Vatan himoyachisining otasi” faxriy nishoni topshirildi
2112025-06-05 18:20

Baraka tilab, dasturxon yozildi, duolar o‘qildi
2932025-06-04 17:05

Qo‘shtepa tumanida g‘alla o‘rimiga start berildi
3422025-06-04 17:02

“Jaholatga – qarshi ma’rifat” tadbiri bo‘lib o‘tdi
3722025-06-03 15:44