1722025-06-05 18:49
So'x tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan yong'in o'chirish maxsus-taktik o'quv mashqlari o'tkazildi








Belgilangan rejaga ko'ra, So'x tumanida “Qurbon hayiti” namozi o'qiladigan masjidlarda boshqaruv organlari, FVDqT va FM kuch va vositalari bilan maxsus-taktik favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong'in xavfsizligini ta'minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan yong'in o'chirish maxsus-taktik o'quv mashqlari o'tkazildi.
Maxsus-taktik o'quv mashqlari asosan 3 ta o'quv nuqtasida o'tkazildi.
Dastavval, “Do'stlik” istirohat bog'ining oldi qismida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining “yig'in” signaliga asosan belgilangan joyga yig'ilishi bo'yicha harakatlari amalga oshirildi. Shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining maxsus kiyimlar, himoya vositalari hamda asbob-anjomlar bilan ta'minlanganligi yuzasidan tuman Fuqaro muhofasasi boshlig'i, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida saf ko'rigi o'tkazilib, kerakli ko'rsatma va topshiriqlar bcrildi.
Tumanimizning Istiqlol mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan “Inoyatillo” jome masjidi binosida “Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda ularning oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha ob'ckt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda tuman FVDqTga kiruvchi FM xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi.
Mazkur mashqlar jarayonida yong'in sodir bo'ganda, jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatishda ularning harakatlarini ko'zdan kcchirilib kerakli tavsiyalar berildi. Undan tashqari ishtirokchilarga birlamchi yong'in o'chiruvchi asboblardan foydalanish bo'yicha kerakli tushunchalar berildi.
Shunigdek, mazkur mashqlar “Guzari Omadi Odina” MChJga qarashli avtomobillarga gaz taqsimlash shahobchasida ham o'tkazildi.
O'tkazilgan maxsus-taktik o'quv mashqiga jami 24 nafar shaxsiy tarkib, 8 ta maxsus texnikalar jalb etildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qo‘shtepa tumanida Qurbon hayiti katta tantana bilan nishonlandi
1662025-06-06 07:06

Tuman hokimi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
1842025-06-05 18:24

“Vatan himoyachisining otasi” faxriy nishoni topshirildi
2112025-06-05 18:20

Baraka tilab, dasturxon yozildi, duolar o‘qildi
2932025-06-04 17:05

Qo‘shtepa tumanida g‘alla o‘rimiga start berildi
3422025-06-04 17:02

“Jaholatga – qarshi ma’rifat” tadbiri bo‘lib o‘tdi
3722025-06-03 15:44