1712025-06-05 15:00
Farg‘ona tumanida “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida yong‘in xavfsizligi profilaktikasi olib borilmoqda







Farg‘ona viloyatida 2025-yil 20-maydan 20-iyungacha davom etadigan “Dolzarb 30 kun” yong‘in xavfsizligi tadbiri doirasida aholi xavfsizligini ta‘minlash borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan yoz mavsumini tinch va betalofat o‘tkazish, aholining salomatligini muhofaza qilish maqsadida profilaktik tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Tadbirlar davomida yong‘inlar, botulizm, suvda cho‘kish kabi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan tumandagi ijtimoiy soha obektlari, jamoat joylari, masjidlar hamda aholi ko‘p tashrif buyuradigan cho‘milish havzalarida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar tomonidan xavfsizlik qoidalari bo‘yicha targ‘ibot va nazorat ishlari kuchaytirilgan, aholiga tushunarli va amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qo‘shtepa tumanida Qurbon hayiti katta tantana bilan nishonlandi
1662025-06-06 07:06

Tuman hokimi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
1842025-06-05 18:24

“Vatan himoyachisining otasi” faxriy nishoni topshirildi
2122025-06-05 18:20

Baraka tilab, dasturxon yozildi, duolar o‘qildi
2942025-06-04 17:05

Qo‘shtepa tumanida g‘alla o‘rimiga start berildi
3422025-06-04 17:02

“Jaholatga – qarshi ma’rifat” tadbiri bo‘lib o‘tdi
3722025-06-03 15:44