2232025-06-04 22:52
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol bahslari qizg‘in ruhda o‘tmoqda







Ma‘lumki, har yili 30-iyun – O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda “Yoshlar forumi” doirasida respublika miqyosida sportning ommaviy turlarini targ‘ib etishga xizmat qiluvchi “Besh tashabbus olimpiadasi” besh bosqichli tizimda o‘tkazilishi an‘anaga aylangan.
Joriy yilning 2-4-iyun kunlari Farg‘ona tumani 2-son sport maktabida ushbu olimpiada doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha qizg‘in bahslar o‘tkazildi. Bellashuvlarda 16-21 hamda 22-30 yosh toifasidagi 19 ta tuman (shahar)dan tashrif buyurgan 250 nafardan ortiq ishtirokchi qizlar jamoalari qatnashmoqda.
Ushbu sport musobaqasining tantanali ochilish marosimida Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi, Farg‘ona tumani hokimligi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, yosh sportchilarga omad tilashdi.
Musobaqa sport orqali yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy faollik va yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yosh qizlarning sportdagi faolligi ularda jismoniy tayyorgarlikni oshirish, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish va jamoaviylik ruhini shakllantirishda muhim omil bo‘layotgani ta‘kidlanmoqda.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ushbu voleybol musobaqasi nafaqat sport yutug‘ini, balki hududlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgan amaliy maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qo‘shtepa tumanida Qurbon hayiti katta tantana bilan nishonlandi
1662025-06-06 07:06

Tuman hokimi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
1842025-06-05 18:24

“Vatan himoyachisining otasi” faxriy nishoni topshirildi
2102025-06-05 18:20

Baraka tilab, dasturxon yozildi, duolar o‘qildi
2922025-06-04 17:05

Qo‘shtepa tumanida g‘alla o‘rimiga start berildi
3422025-06-04 17:02

“Jaholatga – qarshi ma’rifat” tadbiri bo‘lib o‘tdi
3722025-06-03 15:44