Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2612025-05-24 13:49

Bugun tumanimizdagi barcha maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi

2025-yil 24-may kuni Qo‘shtepa tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida 2024–2025-o‘quv yili yakunlanib, an’anaviy “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirlar davlatimiz rahbari tomonidan bitiruvchi yoshlarimizga yo‘llangan samimiy bayram tabrigini o‘qib eshittirish bilan boshlandi. Qo‘shtepa tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i I. Marayimov 48-umumta’lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi. U bitiruvchilarga Prezidentimiz bitiruvchilarga yo'llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirib, ularga kelajakdagi hayot yo‘llarida kuch, sabr va omad tiladi. So‘nggi qo‘ng‘iroq – bu nafaqat maktab davrining yakuni, balki yoshlik xotiralarini jamlagan muhim bosqich. Bugungi tadbirlar orqali bitiruvchilar katta hayot sari yo‘l oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz