2352025-05-15 09:23
Deputatlik guruhi tomonidan mansabdor shaxslarning hisobotlari eshitildi


O‘zLiDeP Qo‘shtepa tuman Kengashi deputatlik guruhi tomonidan mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish va tegishli doimiy komissiyaga dolzarb masalalar yuzasidan takliflar kiritish bo‘yicha tadbir tashkillandi.
Madaniyat makazining kichik majlislar zalida o‘tkazilgan tadbirda tuman Kengashining 7 nafar deputati va hisobdor tashkilotlar o‘z axborotlari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirda tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Inomjon Marayimov va tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar A.Yusupovlar birinchi chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan o‘z hisobotlarini taqdim etdilar.
Deputatlar tomonidan munozaralarga boy ko‘rinishda o‘tgan eshituvda Xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy byudjet doimiy komissiyasi”ga 2 ta masala taklif sifatida tayyorlandi. Ushbu takliflarda asosan soliq tizimida uchrayotgan ayrim kamchiliklar o‘z ifodasini topgan. Tadbir davomida O‘zLiDeP deputatalik guruhi tomonidan iyun oyida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

🔴LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
62025-06-10 11:24

Qo‘shtepa tumanida Qurbon hayiti katta tantana bilan nishonlandi
2892025-06-06 07:06

Tuman hokimi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
2872025-06-05 18:24

“Vatan himoyachisining otasi” faxriy nishoni topshirildi
3032025-06-05 18:20

Baraka tilab, dasturxon yozildi, duolar o‘qildi
4212025-06-04 17:05

Qo‘shtepa tumanida g‘alla o‘rimiga start berildi
4292025-06-04 17:02