6392025-05-14 19:56
G‘o‘za parvarishida zararkunanda va xashoratlarga qarshi kurashish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.








Dang‘ara tumani “Asia premium” fermer xo‘jaligi paxta maydonlarida g‘o‘za parvarishida zararkunanda va xashoratlarga qarshi kurashish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman hokimi, Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari, fermerlar kengashi vakillari, o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi xodimlari, OVX mexanizatorlari ishtirok etdi.
Seminar davomida g‘o‘za maydonlari hamda dala chetlariga zararkunanda va hashoratlarga qarshi biomahsulotlar, shuningdek kimyoviy preparatlar bilan profilaktik ishlov berish hamda suspenziya sepish kabi kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirildi.
Fermer xo‘jaliklari ishchi-xodimlari, mexanizatorlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish, dala shiyponlarida dam olish, yuvinish va ovqatlanish uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari rahbarlariga alohida vazifalar yuklandi.
G‘o‘za parvarishida qatnashayotgan OVX mexanizatorlar uchun dasturxon yozilib, 2 mln so‘m pul hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

37122025-11-26 15:47

37292025-11-26 15:43

Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul boʻlib oʻtdi
37062025-11-26 15:41


37582025-11-24 12:06

Qoʻshtepalik qoʻli gul doʻppidoʻzlar — yurtimiz iftixori
37452025-11-24 12:04





