Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1412025-05-01 23:00

Farg‘ona tumanida mahalla raislari saylovlari boshlandi

2025-yil 1-may kuni mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lganidek, Farg‘ona tumanida ham mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari saylovlari boshlandi. Ushbu muhim siyosiy tadbir munosabati bilan tumandagi 73 ta mahallada saylov jarayonlarini yuqori saviyada va tashkilotchilik bilan o‘tkazish bo‘yicha keng qamrovli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda mahalla xalqchil boshqaruv tuzilmasi sifatida jamiyatda tobora muhim o‘rin egallamoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan «O‘zbekiston mahallalari uyushmasi»ning tashkil etilishi, barcha sohalarda «mahallabay» ishlash tizimining keng joriy etilishi mahalla institutining rolini tubdan kuchaytirdi. Aholini ish bilan ta‘minlash, kambag‘allikni qisqartirish, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oilalarda totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash kabi dolzarb masalalarni hal etishda «Mahalla ettiligi» faoliyati keng yo‘lga qo‘yildi. Bu esa mahalla raislarining nafaqat vakolatini, balki mas‘uliyatini ham sezilarli darajada oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq, endilikda raislarning vakolat muddati 5 yil etib belgilandi. Bu yangilik mahallalarni boshqarishda barqarorlik va uzoq muddatli rivojlanish uchun zamin yaratadi. Yangi saylovlar ilk bor demokratik tamoyillar asosida, ochiqlik va oshkoralik, hamda fuqarolarning xohish-irodasini erkin ifoda etish prinsiplariga mos tarzda o‘tkazilmoqda. Saylov jarayonlari har bir fuqaroga o‘z mahallasi taqdiriga bevosita ta‘sir ko‘rsatish imkoniyatini yaratmoqda. Saylovning birinchi kuni Farg‘ona tumanidagi «Dilkusho» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Tadbir bayramona ruhda o‘tdi: milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi, kutubxona va hunarmandchilik ko‘rgazmalari tashkil etildi. Mahalla ahli faol ishtirok etib, eng munosib nomzodni saylashda o‘z fuqarolik pozisiyasini namoyon etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz