2972025-04-24 08:20
“Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi




Kitobxonlik haftaligi
“O‘zbekiston – Kitobxonlar yurti” V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Qo‘shtepa tumanidagi 7-maktabda 5-sinflar o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov o‘quvchilarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda o‘z fikrini ravon bayon eta olish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Tanlovda har bir sinfdan iqtidorli va kitobxon o‘quvchilar ishtirok etdi. Ishtirokchilar tanlov davomida o‘zlari o‘qigan badiiy asarlar haqida ma’lumot berib, qahramonlarning xatti-harakatlarini tahlil qildilar va o‘quvchilarga ibratli jihatlarni tushuntirib berishdi. Shuningdek, savol-javoblar va kitoblar asosida yaratilgan taqdimotlar tanlovga alohida fayz kiritdi.
Tadbir yakunida eng faol va bilimli ishtirokchilar aniqlanib, “Eng yaxshi kitobxon” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Kattabeshkepa mahallasida yangi cho‘milish havzasi foydalanishga topshirildi
242025-05-27 17:12

🔴LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
312025-05-27 11:55

“Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
962025-05-26 10:26

Qo‘shtepa tumanida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun bayram tadbiri o‘tkazildi
1832025-05-24 13:52

Ilk dadil qadamingiz qutlug‘ va muborak bo‘lsin!
1872025-05-24 13:50

Bugun tumanimizdagi barcha maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi
1812025-05-24 13:49