4092025-04-18 19:30
Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini o‘tkazish bo‘yicha seminar tashkil etildi








Bugun Quvasoy shahrida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini o‘tkazish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Unda, saylov o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya a’zolari, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari hamda saylov okrugi raislari ishtirok etdilar.
Fuqarolar yig‘inlari raislarining vakolat muddati 2025-yil may oyida tugashi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasi, “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8- va 12-moddalariga asosan joriy yilning may oyida fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, bugungi seminarda saylov o‘tkazish tartibi, komissiya raisi va a’zolarining vazifalari yuzasidan zaruriy ko‘rsatma va tushunchalar berildi.
Ma’lumot o‘rnida, shaharda 31 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi joriy yilning may-iyun oylarida o‘tkaziladi.
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

PROKUROR KUBOGI: KURASHDA YOSHLAR BELLASHUVI
1002025-06-14 23:37

Qo‘shtepa tumanida yozgi zerikishga chek qo‘yildi!
1652025-06-13 14:47

🔴LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
3852025-06-10 11:24

Qo‘shtepa tumanida Qurbon hayiti katta tantana bilan nishonlandi
6612025-06-06 07:06

Tuman hokimi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
6472025-06-05 18:24

“Vatan himoyachisining otasi” faxriy nishoni topshirildi
6532025-06-05 18:20