6122025-04-14 14:05
Qo‘shtepa tumanida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining mahalla bosqichiga start berildi








Qo‘shtepa tumanidagi BO‘SMda mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy va harbiy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining mahalla bosqichiga start berildi.
“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasida “Xo‘jaqishloq” mahallasidan 18-22 yoshli yigit va qizlar bir jamoa bo‘lib tuman bosqichiga yo‘llanma olish uchun bellashdilar.
Mudofaa vazirligi, Sport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda, tuman hokimligining mas’ullari, mehnat faxriylari va mahallalardagi yoshlar yetakchilari ham ishtirok etishdi.
Chinakam harbiy festivalga aylangan ushbu tadbirda dastlab davlatimiz madhiyasi yangradi. Shuningdek, dastur doirasida harbiy orkestr ishtirokida Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangrab, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.
Tantanali marosimda so‘z olganlar ishtirokchilarni qizg‘in qutlab, ularga omad va muvaffaqiyat tilashdi. Ushbu bellashuv yoshlarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ham alohida ta’kidlab o‘tildi.
Musobaqa 6 ta shartdan iborat bo‘lib, ishtirokchilar turnikda tortilish, press mashqlari, o‘quv granatasini uzoqlikka uloqtirish, qisqa va uzoq masofaga yugurish, AK-74 kalashnikov avtomatini to‘liq va noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, merganlar bellashuvi shartlarini bajardilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

36262025-11-26 15:47

36412025-11-26 15:43

Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul boʻlib oʻtdi
36172025-11-26 15:41


36712025-11-24 12:06

Qoʻshtepalik qoʻli gul doʻppidoʻzlar — yurtimiz iftixori
36542025-11-24 12:04





