26482024-11-13 19:41
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi vakillari bilan uchrashdi





Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi (S&P Global Ratings) vakillari bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida mehmonlarga viloyatning iqtisodiy-investision salohiyati haqida ma‘lumot berildi. Xususan, turli sohalarda qayd etilayotgan natijalar, jadal tashqi savdo dinamikasi, viloyatga jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi yildan yilga oshayotgani, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti, yaratilayotgan qulay investision muhit natijasida Farg‘ona viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ortib borayotgani va boshqa qator yo‘nalishlardagi ijobiy yutuqlar qayd etildi.
B+ reyting ko‘rsatkichi dunyoda iqtisodiy holati barqaror va moliyaviy jihatdan qarzdorligi bo‘lmagan hamda sog‘lom investision muhitga ega bo‘lgan hududlarga berilib, o‘sha hududning xalqaro doiradagi holati ijobiy pog‘onada ekanligini bildiradi.
Ma‘lumot uchun, S&P Global Rating xalqaro reyting agentligi tomonidan 2023 yilda Bahrayn, Bosniya va Gersogovina va Iordaniya kabi mamlakatlar kredit reytinglari ham aynan B+ darajasida baholangan.
Standard & Poor's xalqaro reyting agentligi (S&P Global Ratings) 2022-2023 yillarda Farg‘ona viloyatining xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli kredit reytingini B+ darajasida “Barqaror” deb baholagan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
282025-07-01 11:08

Faol yoshlar rag‘batlantirildi
442025-06-30 16:43

Qo‘shtepa tumanida navbatdagi press-tur va matbuot anjumani o‘tkazildi
442025-06-30 16:22

Qo‘shtepada “Yoshlar kuni” keng nishonlandi
1082025-06-28 18:50

1202025-06-27 16:56

MAKTAB BITIRUVCHILARIGA MEDAL, TAVSIYANOMA VA TASHAKKURNOMALAR TOPSHIRILDI
1222025-06-27 16:20