Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

872025-05-27 17:12

Katta Beshkepa mahallasida yangi cho‘milish havzasi foydalanishga topshirildi

Bugun Katta Beshkepa mahallasida yangi cho‘milish havzasining tantanali ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev boshchiligida tuman sektor rahbarlari, mahalla faollari hamda tadbirkorlar ishtirok etdilar. Mazkur loyiha mahalliy tadbirkor tashabbusi bilan amalga oshirilgan bo‘lib, aholi uchun sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, dam olish va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Ochilish marosimi davomida tadbirkorning boshqa yo‘nalishlardagi faoliyati, jumladan, chorvachilik, intensiv bog‘dorchilik hamda issiqxona xo‘jaligi bilan ham mehmonlar yaqindan tanishdilar. Tadbir yakunida mehmonlar tomonidan duolar qilinib, yangi boshlangan ishga yuksak tilaklar va muvaffaqiyatlar bildirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz