1062025-05-28 11:28
Qo‘shtepa tumanida dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi






Qo‘shtepa tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Anvarjon Abdullayev rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kunlik” tashabbusini samarali tashkil etish, mazkur davrda ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, bolalarning yozgi ta’til davrida xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa taqiqlangan suv havzalarida cho‘milishining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida tuman hokimi tomonidan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Davlat tilida ish yuritish davr talabi
972025-05-28 13:09

Katta Beshkepa mahallasida yangi cho‘milish havzasi foydalanishga topshirildi
1772025-05-27 17:12

🔴LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
1662025-05-27 11:55

“Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2252025-05-26 10:26