2242025-05-24 13:52
Qo‘shtepa tumanida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun bayram tadbiri o‘tkazildi







1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida ezgulik va e’tibor ruhi bilan yo‘g‘rilgan bayram tadbiri tashkil etildi. “Maftunkor ranglar jilosi” nomi ostida o‘tkazilgan ushbu tadbir Qo‘shtepa tuman hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Nogironlar jamiyati hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Anvarjon Abdullayev ishtirok etib, bolalarni bayram bilan tabrikladi va ularga esdalik sovg‘alar topshirdi.
Bayram tadbiri doirasida nogironligi bo‘lgan 30 nafar bola ishtirokida rasm chizish, shaxmat va shashka bo‘yicha tanlovlar ham tashkil etildi. G‘olib va faol ishtirokchilarga sertifikatlar va viloyat bosqichiga yo‘llanmalar topshirildi.
Mazkur tadbir nafaqat bolalar uchun quvonchli lahzalar hadya etdi, balki jamiyat e’tiborida bo‘lish, o‘z iste’dod va imkoniyatlarini namoyon etish uchun munosib maydon bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

🔴LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
702025-05-27 11:55

“Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
1382025-05-26 10:26

Ilk dadil qadamingiz qutlug‘ va muborak bo‘lsin!
2252025-05-24 13:50