3002025-05-18 00:14
“Yangi asr” mahallasida fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tdi










Farg‘ona tumani “Yangi asr” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar yig‘ini raisi saylovi belgilangan tartibda, ishchi guruh rahbarligida ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazildi.
Saylov jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mahallada keng qamrovli tayyorgarlik ishlari olib borildi. Tadbir bayramona ruhda, fuqarolarning faol ishtiroki ostida bo‘lib o‘tdi. Mahalla ahli o‘z fuqarolik pozisiyasini namoyon etib, eng munosib nomzodga ovoz berish orqali mahalla hayotidagi muhim jarayonda bevosita ishtirok etdi.
Saylov jarayoni davomida fuqarolar yig‘inining reglamentiga muvofiq nomzodlar tomonidan dasturlar taqdim etildi, ularning muhokamasi, savol-javoblar o‘tkazildi. Ovoz berish yashirin shaklda tashkil etilib, saylov byulletenlari sanoq komissiyasi tomonidan tarqatildi hamda ovozlar shaffoflik asosida sanab chiqildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan Karimov Dilshodjon Qaxramonovich “Yangi asr” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga saylandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tadbirkorlarning taklif va muammolari o‘rganildi
162025-08-01 22:08

162025-08-01 21:53

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
352025-08-01 10:30

Ochiq muloqot: Tadbirkorlarning taklif va muammolari o‘rganildi
482025-07-31 23:25