Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1792025-04-17 12:40

Farg‘ona tumanida «Porloq kelajak sari» shiori ostida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi

Farg‘ona tumani prokuraturasi tomonidan otaliqqa olingan 10-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida «Huquq posboni» loyihasi doirasida «Porloq kelajak sari» nomli navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar ishtirokida «Yangi O‘zbekistonda mening kasbim» nomli insho tanlovi hamda «Men ham olimpiada chempioni bo‘laman» mavzusidagi sport musobaqalari o‘tkazildi. Mazkur tadbirlar orqali yoshlarning kasb tanlash madaniyatini shakllantirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va ijtimoiy faolligini oshirish maqsad qilingan. Shuningdek, voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida profilaktik suhbatlar olib borildi. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan rasmlar tanlovi, qo‘g‘irchoq teatri chiqishlari va texnologiya to‘garagi a‘zolarining ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishildi. Tadbir yakunida maktab o‘quvchilariga o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashda, kelajakdagi o‘qish va mehnat faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz