432025-11-10 15:41
SHIFOKORLARGA EHTIROM KUNI






Qo’shtepa tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan, “Shifokorlar kuni” munosabati bilan tumanimizdagi “Afsona” marosimlar zalida bayram tadbiri tashkil etildi. Tantanali marosimda fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda, soha faxriylari ham ishtirok etdi.
Shifokorlarni samimiy tabriklash, ularning kasbga sadoqatini, mashaqqatli mehnatini alohida e’tirof etish maqsadida, Qo’shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev tadbirga tashrif buyurib, tibbiyot sohasidagi har bir xodimning mehnatini qadrlashini ta’kidladi. So’ngra, faol xodimlarni faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirladi.
Tadbir davomida, kuy-qo’shiqlar yangradi, raqslar ijro etildi. Bayram dasturiga Ilhom Ibragimov mehmon san’atkor sifatida kelib, o’zining ijrolari bilan barchaga shodiyona kayfiyat ulashdi.
Tadbirda samimiy bayramona muhit hukm surdi!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



342025-11-10 15:37

352025-11-10 15:36

Belaruslik nevropatolog shifokorlar Qoʻshtepa tumanida
342025-11-10 15:33





