352025-11-10 15:36
YAPONIYA TA’LIM TIZIMI

Qo’shtepa tumani MMTB tasarrufidagi 19-maktabda o’qituvchi-pedagoglar jamoasi uchun “Yaponiya ta’lim tizimi” mavzusida bir kunlik trening tashkil etildi.
Mashg’ulot davomida, yaqinda Yaponiyada malaka oshirib qaytgan tabiiy fanlar mentor-o’qituvchisi Nodiraxon Temirova o’z hamkasblarini Yaponiya ta’lim siyosati, o’quv jarayoni hamda madaniyati bilan tanishtirdi. Ishtirokchilar o’zaro fikr almashib, savol-javoblar orqali bilimlarini mustahkamladi.
Trening pedagogik jamoa uchun yangi tajriba va bilimlarini oshirish shuningdek, xalqaro ta’lim tizimlarini o’rganish imkoniyatini yaratdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


422025-11-10 15:41


342025-11-10 15:37

Belaruslik nevropatolog shifokorlar Qoʻshtepa tumanida
342025-11-10 15:33





