412025-11-10 15:39
Qoʻshtepa tumanida ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi




Bugun Qoʻshtepa tuman hokimi Anvarjon Abdullayev rahbarligida tuman hokimligi katta majlislar zalida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tuman prokurori, ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, tumandagi barcha imom-xatiblar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Fargʻona viloyati hokimining “Oila-turmush doirasidagi jinoyatlarni barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar mexanizmini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda Qoʻshtepa tuman hokimining 2025-yil 11-oktyabrdagi 299-11-157-Q/25-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar.
“Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, har bir mahallada tozalik oyligini oʻtkazish ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


432025-11-10 15:41

352025-11-10 15:37

352025-11-10 15:36

Belaruslik nevropatolog shifokorlar Qoʻshtepa tumanida
352025-11-10 15:33





