452025-10-06 19:30
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: har bir xonadon uchun namuna



Qo‘shtepa tumanida o‘tkazilgan seminarda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i A. Ziyavitdinov, viloyat FVB boshlig‘ining o‘rinbosari A. Qo‘chqarov, tuman SEOJSM mas’ullari, tumandagi mahalla raislari hamda ko‘cha boshilari ishtirok etdilar.
Seminar avvalida so‘z olganlar qish mavsumi oldidan aholi xonadonlarini sovuq kunlarda oziq-ovqat va boshqa kundalik ehtiyojlar uchun zarur zaxiralarni yaratish zarurligiga e’tibor qaratdilar. Shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, tabiiy gaz va elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish, botulizm va is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish maqsadida aholini ogohlikka chaqirish bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.
Shundan so‘ng seminar ishtirokchilari tumandagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Jumavoy Ismoilov xonadonida bo‘ldilar. Ushbu xonadonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari hamda qish mavsumida zarur bo‘ladigan ko‘mir va boshqa yoqilg‘i turlaridan yetarli miqdorda zaxira yaratilgani ta’kidlandi.
Seminarda qayd etilganidek, bunday tayyorgarlik oilalarning farovon hayotini ta’minlash, mavsumiy qiyinchiliklarning oldini olish, mahallalarda barqarorlik va xotirjamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, tadbir davomida mas'ul tashkilotlar xodimlaridan iborat tuzilgan ishchi guruh mahalladagi xonadonlarda bo'lib aholi o'rtasida tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qoʻshtepa tumani hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi
152025-10-08 17:12

152025-10-08 17:10

472025-10-06 19:32
