472025-10-06 19:29
🔰 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Zulayxo Maxkamova Qoʻshtepa tumaniga tashrif buyurdi





🔹 Tashrif doirasida “Qorajiyda” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “Tursunali Obod” fermer xoʻjaligida “Mehnatim — qadrim” shiori ostida tashkil etilgan ilgʻor terimchilar bilan uchrashuvda ishtirok etdi.
🏅 Uchrashuv davomida oʻz fidoyi mehnati va namunaviy faoliyati bilan ajralib turgan ilgʻor terimchilar va lider ayollar Bosh vazirining oʻrinbosari Zulayxo Maxkamova va tuman hokimi Anvarjon Abdullayev tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
🔹 Shundan soʻng Zulayxo Maxkamova “Soyboʻyi” mahallasidagi “SOYBOʻYI UNIVERSAL PLUS” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonada doʻppidoʻzlik yoʻnalishida mehnat qilayotgan xotin-qizlar bandligi taʼminlangan boʻlib, ularning oʻz ishiga boʻlgan masʼuliyati va mehnati yuqori baholandi.
📌 Tashrifdan koʻzlangan maqsad — joylarda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, terim mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va faol fuqarolarni ragʻbatlantirishdan iboratdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qoʻshtepa tumani hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi
152025-10-08 17:12

152025-10-08 17:10

472025-10-06 19:32

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: har bir xonadon uchun namuna
442025-10-06 19:30