Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1872025-07-25 11:07

Rishton tumanida “Turizm mahallasi” ochildi

Bugun Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yana bir muhim madaniy va sayyohlik loyihasi amalga oshirildi — Mamadali Topvoldiev mahallasiga “Turizm mahallasi” maqomi berildi. Tantanali tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov, Butunjahon hunarmandlar kengashi (AISBL) prezidenti Saad al-Qaddumiy, xalqaro ekspertlar, sayyohlar, hunarmandlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Marosim an'anaviy karnay-surnay sadolari ostida ramziy lenta kesilishi bilan boshlandi. Mehmonlar milliy ehtirom bilan kutib olindi. Turizm qo‘mitasi tomonidan mazkur mahalla viloyatdagi birinchi “Turizm mahallasi” sifatida maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. Tadbir doirasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi hamda hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mehmonlarda ayniqsa milliy an’analar, hunarmandchilik, o‘zbek taomlari va qadriyatlarga boy muhit katta taassurot qoldirdi. Ushbu hududda joylashgan Xalqaro kulolchilik markazi, “№1” choyxonasi, “Begoyim” restorani, mehmonxona va servis xizmatlari “Turizm ko‘chasi”ni yanada jozibador qilmoqda. Turizm mahallasiga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun shopping, kitobxonlik, kinotomosha, madaniy hordiq va badiiy chiqishlardan bahramand bo‘lish imkoniyatlari yaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz